O'zbekistonda pul massasi kamayishda davom etmoqda

    Moliya 16 Mart 2023 2714

    Jami pul massasi fevral oyida 4,4 trillion so'mga kamayib, 1 mart holatiga 178,9 trillion so'mni tashkil etgan. 

    Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, bunda, chet el valyutasidagi depozitlar qoldig'i 3,2 trillion so'mga kamaygan bo'lsa, naqd pullar massasi 1,4 trillion so'mga qisqargan.

    Muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldig'i sakkiz oylik tanaffusdan keyin, birinchi marta 40 trillion so'mdan kamayib, 38,9 trillion so'mni tashkil etgan.