Uchrashuvda Toshkent – Samarqand va Toshkent – Andijon avtomobil yoʻllarini DXSH asosida qurish loyihalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, dolzarb masalalar hamda pullik yoʻllar boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama etildi.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, shuningdek, “Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş.» kompaniyasi, “Over Arupand Partners International Limited”, “Price Water House Coopers Advisory” va “CMS Cameron Mc Kenna Nabarro Olswang LLP” kompaniyalari konsorsiumi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.