Oʻzbekistonda qancha qurilish ishlari bajarildi?

    Urbanizatsiya 26 Oktabr 2020 2702

    Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 65,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻsish surʼati 2019-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 108,6 % ni tashkil etdi.

    Respublika boʻyicha qurilish ishlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahriga toʻgʻri kelib, 2020-yilnig yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha jami qurilish ishlarining 20,5 % i yoki 13,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

    Shuningdek, Toshkent (7,1 %) va Buxoro (6,2 %) viloyatlarida ham boshqa hududlarga nisbatan koʻproq hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi.