Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?

    2021-yil 1-iyun holatiga respublikamizda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,2 mingtani tashkil etadi.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-iyun holatiga respublikamizda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,2 mingtani tashkil etib, ulardan 12,7 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 648 taga oshgan.

    Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

    Rossiya – 2 229 ta;

    Xitoy – 1 893 ta;

    Turkiya – 1 744 ta;

    Qozogʻiston – 999 ta;

    Koreya – 902 ta.

    Xorijiy kapital ishtirokida 2021-yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

    Turkiya – 201 ta;

    Rossiya – 158 ta;

    Xitoy – 121 ta;

    Qozogʻiston – 98 ta;

    Koreya – 38 ta.