O'zbekistonda qaysi sohada yangi korxonalar ko'proq tashkil etilmoqda?

    2023- yilning yanvar`-mart oylari davomida jami 23891 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) tashkil etildi.

    O'zbekiston statistika agentligi ma'lumotlarida qayd etilishicha, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:

    savdo sohasida – 8 640 ta,

    sanoat sohasida – 3 987 ta,

    qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi sohasida – 3 088 ta,

    yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida – 1 454 ta,

    qurilish sohasida – 1 291 ta,

    tashish va saqlash sohasida – 1 135 ta,

    axborot va aloqa sohasida – 801 ta,

    sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida – 356 ta.