баннер
11 Apr 2025
18:46

    O‘zbekistonda rasman sumo federasiyasi ochildi

    Sport 14 Oktabr 2023 2438

    Endilikda respublikada rasman sumo federatsiyasi ochildi. Mazkur federatsiya joriy yilning 12-oktyabr kuni rasmiy roʻyxatdan oʻtgan.

    Federatsiya faoliyatining asosiy maqsadi, Oʻzbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sporti bilan shugʻullanuvchilarni, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sumo sport turlari boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda oʻz aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

    Eslatib oʻtamiz, Kamol Usmonov federatsiya raisi etib saylangan. Qolaversa, Oʻzbekistondagi ilk sumo sportchisi sifatida Durdona Abdujabbarova qayd etilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech