Oʻzbekistonda salkam 516 ming gektarda hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

    Yashil sayyora 20 Iyun 2025 464

    Chigirtkalarga qarshi kurashning asosiy tadbirlar Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida oʻtkazilmoqda.

    Simliklar karantini va himoyasi agentligining xabar berishicha, shu yilning 19-iyun holatiga koʻra, 875 ming 87 gektarda monitoring olib borilgan. 515 ming 830 gektarda chigirtka tarqalgani aniqlangan. Shuningdek, 507 ming 181 gektarda kimyoviy kurash tadbirlari oʻtkazilgan.

    Asosiy tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida davom etmoqda.

    Yuqorida qayd etilga hududlarda saksovul bukri chigirtkasiga qarshi kimyoviy ishlovlar olib borilmoqda. Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida asosiy oʻchoqlar bartaraf etildi, — deyiladi xabarda.

    Taʼkidlanishicha, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda. Erta tongda va kechki vaqtda kimyoviy kurashlar olib borilib, kunduzi monitoring oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.