Oʻzbekistonda shahar aholisi koʻpaymoqda

    Urbanizatsiya 30 Dekabr 2022 1253

    1991-yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan.

    2022-yil boshiga kelib, ushbu koʻrsatkich 50,9 foizni tashkil etgan hamda 1991-yilga nisbatan 10,6 foizga koʻpaygan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

    Yillar kesimida doimiy aholining shahar joylarda yashovchilari ulushi:

    — 1991-yil – 40,3%;

    — 2000-yil – 37,4%;

    — 2010-yil – 51,5%;

    — 2020-yil – 50,6%;

    — 2022-yil – 50,9%.