Xususan, joriy yil 15 aprel` holatiga mazkur zavodlarda 357 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo etkazib berish bo'yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan. Shundan, omborda 8 ming tonna tayyor shakar va 78 ming tonna xomashyo, iyun` oyiga qadar 271 ming tonna xomashyo etkazib beriladi.
Joriy yil 1 mayga qadar shakar ishlab chiqarish quvvatlarini o'tgan yilga nisbatan 25 foizga oshirish, natijada sutkasiga 2,5 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Bunda, yillik shakar ishlab chiqarish 600 ming tonnadan 1 million tonnagacha oshishi kutilmoqda.