Xususan, 2023-yil 16-iyunda Respublika boʻyicha elektr energiyasi isteʼmoli 242,6 mln kilovatt-soatni tashkil etdi.

2022-yilning xuddi shu kunida jami 208 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlatilgan boʻlib, kechagi koʻrsatkich avvalgi yildagidan 16,6 foiz ortiq boʻldi.

Shu bilan birga, energetika tizimining soatlik isteʼmoli 11 301 MVtni tashkil qildi.

Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 800 MVt  (+18,9 foiz) va 2022-yilning yozida qayd etilgan mutlaq maksimal koʻrsatkichdan 500 MVt  koʻpdir.

Maʼlumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi isteʼmoli 27-iyulda qayd etilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 239 mln kilovatt-soatni, kunduzgi isteʼmol quvvati 10 800 MVtni tashkil qilgan.

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 233,7 mln kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu kungi holatiga nisbatan 36,6 mln kilovatt-soat (18,6 foiz) koʻpdir.