Oʻzbekistonda soʻnggi uch oyda qariyb 31,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

    2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda qariyb 31,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi,

    Mazkur koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.

    2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 31 703 taga yetgan.

    Qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlarning 6890 tasi Toshkent shahrida joylashgan.