Oʻzbekistonda soʻngi bir oyda jinoyatchilik 29 foizga kamaydi

    IIV jurnalistlarga shu yilning 15-iyul – 15-avgust kunlari oʻtkazilgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligining ikkinchi bosqichi natijalarini maʼlum qildi.

    Matbuot anjumanida aytilishicha, mazkur tadbir davomida 14 167 ta tezkor-qidiruv harakatlari oʻtkazildi va:

    • 2 599 ta giyohvandlik,
    • 1 576 ta uyushgan jinoyatchilik,
    • 1 650 ta korrupsiya va
    • 4 653 ta boshqa huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

    Natijada:

    • 557,5 kg giyohvandlik vositasi,
    • 376,5 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar,
    • 10,5 ming tup noqonuniy oʻsimliklar musodara qilindi.

    Shuningdek, 91 nafar zakladchik, internet orqali tarqatilgan 1 751 ta “narkograffiti” fosh etildi.

    Jinoiy guruhlardan 858 ta pnevmatik qurol, 2 716 ta ov quroli va minglab oʻq-dorilar olindi.

    Shu bilan birga, 1 033 nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga olinib, 584 nafar bedarak yoʻqolgan fuqaro oilalari bagʻriga qaytarildi.

    Jamoat joyida olib yurish taʼqiqlangan 14 936 ta sovuq qurol (shundan 14 091 ta pichoq, 352 ta kastet, 493 ta boshqa buyum) musodara qilindi.

    Profilaktika ishlari doirasida 263 765 ta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlandi. Sudlangan shaxslar bilan 211 796 ta suhbat oʻtkazilib, 1 444 nafari maʼmuriy nazoratga, 125 859 nafari profilaktik hisobga olindi.

    Probatsiya nazoratidagi 228 224 nafar shaxs tekshirildi, 1 808 nafarning jazosi ogʻirroq turga almashtirildi, 1 030 nafar jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi. Shuningdek, 1 398 ta “sayyor sud”da 7 827 nafar shaxs muddatidan ilgari ozod qilindi.

    18 815 nafar giyohvandlik va alkogolizmga chalingan shaxs majburiy davolanishga, 64 610 nafar mast holdagi fuqaro hushyorxonaga, 1 285 nafar fuqaro reabilitatsiya markaziga, 4 799 nafar bola voyaga yetmaganlar markaziga joylashtirildi.

    Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha 707 ming qoidabuzarlik qayd etildi, 85 ming avto vosita jarima maydoniga qoʻyildi. Yoʻllarda 18,7 ming belgi, 270 ta svetofor, 772 ming metr chiziqlar, 580 ta piyodalar oʻtish joyi yangidan tashkil etildi.

    Oylik doirasida 153 816 ta videokuzatuv kamerasi oʻrnatilib, 6,3 ming doʻkon, 5,9 ming xonadon texnik, 2 031 ta obyekt jismoniy qoʻriqlovga olindi.

    Olib borilgan ishlar natijasida mamlakat boʻyicha jinoyatlar soni oʻtgan oyga nisbatan 29 foizga, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar esa 39 foizga kamaydi.

    Shu bilan birga, ichki ishlar organlari tashabbusi bilan jinoyatlarni aniqlash 50 foizga oshdi.