Ushbu hujjat sohadagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini aniq belgilashga qaratilgan.

Qonun bilan Sport vazirligi, Milliy olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalarining vakolatlari kengaytirildi. Ilk bor paralimpiya, surdlimpiya va maxsus olimpiya harakatlariga doir normalar, shuningdek, sport agentlari, murabbiy va hakamlarning huquqiy maqomi mustahkamlandi.

Hujjatda sportda dopingga qarshi kurashish va musobaqa natijalariga noqonuniy taʼsir koʻrsatishning oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar belgilangan. Shuningdek, sportchi va murabbiylarni bir martalik hamda har oylik toʻlovlar shaklida moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda.

Senatorlarning qayd etishicha, yangi qonun aholini ommaviy sportga keng jalb qilish va sohadagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.