баннер
2 Mar 2025
12:03

    Suv kodeksini tasdiqlash loyihasi Senatga yuborildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

    Majlisda deputatlar kodeks loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash davomida suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasida masʼul organlarning vakolatlari, vazifa va funksiyalarini aniq belgilash, suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish, suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish shartlarini soddalashtirish, suvni isteʼmolchilar orasida taqsimlashning yangi mexanizmlari joriy etishga alohida ahamiyat qaratgani qayd etildi.

    Qayd etilganidek, Qonunchilik palatasining joriy yil 24-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlisida kodeks loyihadagi ayrim normalar, yaʼni suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari bilan bogʻliq masalalar deputatlarning eʼtirozli savollariga sabab boʻlib, xalq vakillari tomonidan bir qator takliflar berilgan edi. Oʻtgan davrda masʼul qoʻmita tomonidan ushbu takliflar chuqur tahlil qilindi va ular asosida loyiha har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilib, maromiga yetkazildi.

    Deputatlarning fikricha, kodeks loyihasining qabul qilinishi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, texnologik modernizatsiya qilishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

    Majlisda kodeks loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech