Aholi uchun oqova suv xizmatlari tarifi 1 kubometr uchun 700 soʻmdan 850 soʻmga, byudjet va ulgurji tashkilotlari uchun 1300 soʻmdan 1850 soʻmga oshiriladi.
“Toshkent suv taʼminoti” korxonasi abonentlari uchun aholiga suvning kubometri tarifi 950 soʻmdan 1700 soʻmga (QQSsiz), byudjet va ulgurji tashkilotlari uchun 4000 soʻmdan 7000 soʻmgacha oshiriladi (Narxlar qoʻshimcha qiymat soligʻisiz koʻrsatilgan)
Kompaniya suv narxlari oshirilish sababini tizimni modernizatsiya qilishga talab etiladigan xarajatlar zarurligi bilan izohladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 1-avgustdan tariflar oshirilishini maʼlum qilingandi. Aholiga suv uchun tariflar 1 kubometrga 1150 soʻmdan 2140 soʻmga, kanalizatsiya uchun esa 650 soʻmdan 950 soʻmga koʻtarilgan (QQSsiz).
1-avgustdan Qashqadaryo viloyatida ham tariflar oshiriladi — suv uchun 1000 soʻmdan 2000 soʻmga va kanalizatsiya uchun 950 soʻmdan 1000 soʻmgacha.









