O'zbekistonda suv omborini to'ldirish va bo'shatish uchun dastur ishlab chiqildi

    Raqamlashtirish 12 May 2020 1255

    Intellektual mulk agentligida suv omborlari uchun dasturiy ta'minot ro'yxatdan o'tkazildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

    “Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini to'ldirish va bo'shatish uchun dastur ishlab chiqildi”, deyiladi xabarda.

    Dastur suv sathining maksimal me'yordan oshmasligini ta'minlaydi va sum omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

    Dastur mualliflari – Furqat G'affarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga O'zbekistonning “elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.