Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun asosiy stress manbalari aniqlandi

    Biznes 12 Dekabr 2025 40

    Bugungi kunda  bank tizimini transformatsiya qilish, ularning faoliyatini bozor tamoyillari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta tashkil qilishning huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda.

    Va bu yangilanishlar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ishbilarmon va tadbirkorlarga qator qulayliklarni yaratmoqda.Transformatsiya jarayonlari xorijiy tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi asosida amalga oshirilayapdi. Ushbu Strategiya kelgusi besh yillikda bank-moliya tizimini isloh qilish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Amalga oshiriliyotgan islohotlar va amaliy chora-tadbirlar natijasida hozirgi kunga kelib jami bank sektori aktivlaridagi davlat ulushi 2020 yildagi 86 foizdan 78 foizgacha kamaydi.

    Onlayn soʻrovnoma yordamida 2025-yil noyabr oyida Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes vakillari boʻlgan 540 respondent orasida tadqiqot oʻtkazildi.

    Xususan Yangi Bank Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta bizneslar oʻrtasida qaysi moliyaviy xavflar tadbirkorlar uchun eng stressli ekanligini, bizneslar qanchalik tez-tez pul oqimi taqchilligiga duch kelishini va ularga barqarorlikni saqlashda qanday choralar yordam berishini aniqlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazdi. Tahlilchilarning aniqlashicha, kutilmagan tekshiruvlar va jarimalar biznes egalari uchun asosiy tashvish manbai bo'lib, so'rov ishtirokchilarining uchdan bir qismidan ko'prog'i ushbu variantni tanlashgan.

    Tadbirkorlar uchun stressning asosiy manbalari

    Tadqiqotga ko'ra, kutilmagan tekshiruvlar va jarimalar O'zbekistondagi tadbirkorlar uchun eng muhim stress keltirib chiqaruvchi omillar bo'lgan: so'rov ishtirokchilarining 31% buni eng muhim omil sifatida qayd etgan. Ikkinchi eng mashhur sabab mijozlar yoki hamkorlar tomonidan to'lovlarning kechikishi (26,7%), undan keyin soliq yukining oshishi yoki soliq to'lovlarining (22%) kechikishidir .

    Biznesdagi xavotirlarning yana keng tarqalgan sabablari orasida banklarning kreditlar va moliyalashtirishni berishdan bosh tortishi (8,5%), mijozlar yoki hamkorlarning yetishmasligi (7%) va pul oqimidagi uzilishlar va mablag'larning yetarli emasligi (5%) kiradi.

    Biznes pul oqimidagi tafovutlarga qanchalik darajada tez-tez duch keladi va o'zlarini moliyaviy xavflardan qanday himoya qila oladi

    Aylanma mablag'larning yetishmasligi muammosi tadbirkorlar uchun dolzarbdir. Tadqiqotga ko'ra, tadbirkorlarning 21,9% deyarli har oy pul oqimidagi taqchilliklarga duch keladilar. So'rovda qatnashlarning 33,3% bu muammoga vaqti-vaqti bilan, har olti oyda 1-2 marta duch kelishlarini va ko'pincha uni mustaqil ravishda hal qilishlarini ta'kidladilar.

    So'rovda qatnashgan biznes vakillarining yana 28,5% kamdan-kam hollarda, yiliga bir necha marta aylanma mablag'larning yetishmasligi muammosiga duch kelishadi. Respondentlarning atiga 16% pul oqimidagi tafovutlar bilan bog'liq qiyinchiliklarga umuman duch kelmasliklarini ta'kidlaganlar.

    Ko'pgina respondentlar moliyaviy barqarorlik uchun turli xil vositalarni birlashtirishni afzal ko'rishadi. Buning eng mashhur usuli yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lovlarni kechiktirishdir: bu variant tadbirkorlarning 28,2% tomonidan tilga olingan. Ikkinchi o'rinda xarajatlar va xodimlarni optimallashtirish (24,3%), undan keyin esa qat'iy moliyaviy hisob-kitob va rejalashtirish (23,6%) turadi.

    So'rov natijalariga ko'ra, boshqa mashhur vositalar qatoriga zaxira fondi yoki xavfsizlik yostig'ini (подушки безопасности) yaratish (23,3%) va kreditlar yoki mikrokreditlar olish (21,9%) kiradi. So'rov ishtirokchilarining 9,3% moliyaviy barqarorlikni ta'minlash usuli sifatida qarindoshlari va do'stlaridan olingan kreditlarni ham tilga olgan.

    Tadbirkorlar qanday qilib qiyin davrlarida hissiy xotirjamlikni saqlay oladilar…

    Stressli vaziyatlarda tadbirkorlar ko'pincha shaxsiy fazilatlariga va atrofdagilarning qo'llab-quvvatlashiga tayanadilar. So'rovda qatnashganlarning 26,3% sport yoki boshqa jismoniy faollik ularga xavotirlarini yengishga yordam berishini aytdilar. Respondentlarning 23,9% o'z tajribasi va jamoaga bo'lgan ishonchidan, 23% esa oila va do'stlarining qo'llab-quvvatlashidan ma'naviy kuch-quvvat olishlarini ta'kidladilar.

    Xotirjamlikni saqlashning boshqa mashhur usullari orasida biznes-ustozlarning maslahatlariga e'tibor qaratish (20,7%) va ijobiy yangiliklarni izlash (18,3%) kiradi. Shu bilan bir qatorda, so'rovda qatnashgan tadbirkorlarning 13,2% inqirozli vaziyatlarda xotirjamlikni saqlay olmasliklarini tan olishdi.

    Kelasi yilga biznes vakillari qanday rejalar tuzmoqda?

    So'rov natijalariga ko'ra, 2026-yilda respondent-tadbirkorning aksariyati o'z bizneslarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Respondentlarning 26,1% kompaniyalarining zaxira fondini yaratish yoki ko'paytirishni rejalashtirayotganliklarini aytdilar.

    2026-yilda tadbirkorlarning 13,5% xarajatlarni va xodimlarni optimallashtirishni, respondentlarning 6,9% esa biznes qarzlarini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Biznes vakillarining faqatgina 9,3% 2026-yilda hech qanday qo'shimcha choralar ko'rishni rejalashtirmayapti.

    Ozoda Bekmurodova,
    Jurnalist