Mazkur qarorni Butunjahon taekvondo federatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda eʼlon qildi.
Yigʻilishda 2027-yilga qadar boʻlgan yirik musobaqalarga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar aniqlab olindi. Toshkent bu borada Xitoyning Chunsin shahri bilan raqobatlashgan.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti Chungvon Choi barcha mezbonlar qatori mamlakatimizni ham qutlab, musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilishiga ishonch bildirdi.









