Oʻzbekistonda talabalarga 2 kursdan ishlashga ruxsat berilishi mumkin

    Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi boʻyicha oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlashiga ruxsat etilishi mumkin.

    Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini mutaxassisligi boʻyicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

    Unga koʻra oliy taʼlim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim taʼlim yoʻnalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi boʻyicha oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi.