Oʻzbekistonda toʻrt magnitudali zilzila yuz berdi

    Samarqand viloyati, Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05.2024 10:41 da (06.05.2024 yil, Grinvich boʻyicha 05:41 da) zilzila sodir boʻldi.

    Epitsentr: Samarqand viloyati, Urgut tumani. Zilzila koordinatalari: 39,32 gradus shimoliy kenglik; 67,46 gradus sharqiy uzunlik.

    Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 263 km janubiy-gʻarbda.

    Sezilish kuchi:

    Urgut tumanida 2-3 ball, 29 km.
    Toyloq tumanida 2 ball, 38 km.
    Kitob tumanida 2 ball, 38 km.
    Bulungʻur tumanida 2 ball, 45 km.
    Shaxrisabz tumanida 2 ball, 47 km.
    Samarqand tumanida 2 ball, 51 km.