Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatgich oʻtgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam boʻlib, tugʻilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi.
Tugʻilishning eng katta ulushi Samarqand viloyatida (12 foiz) kuzatildi. Fargʻona viloyatida – 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida – 10,9 foiz, Andijon viloyatida – 9,3 foiz va Surxondaryo viloyatida – 9,1 foiz.
Tugʻilish darajasi Sirdaryo (2,4 foiz), Navoiy (2,8 foiz), Jizzax viloyatlari (4,2 foiz), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (4,5 foiz) va Buxoro viloyatida (5 foiz) nisbatan past.
2024-yilda vafot etganlarning umumiy soni 174,4 ming kishini tashkil etdi. Bu 2023-yilga nisbatan 0,9 foizga koʻp. Oʻlimlar soni ketma-ket ikkinchi yil koʻpaydi, lekin 2020 va 2022-yillardan pastroq.
Oʻlimning asosiy sabablari: 57,6 foiz – qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,4 foiz – oʻsimtalar, 6,3 foiz – nafas olish tizimi kasalliklari, 5,8 foiz – baxtsiz hodisalar, zaharlanish va shikastlanishlar, 4,1 foiz – ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, 1,1 foiz– yuqumli va parazitar kasalliklar, 15,7 foiz – boshqa kasalliklar.
Oʻlim holatlarining eng katta ulushi Samarqand viloyatida (10,8 foiz) yuz berdi, Fargʻona viloyatida – 10,3 foiz, Andijon viloyatida – 10,2 foiz, Toshkent shahrida – 9,6 foiz, Toshkent viloyatida – 9,4 foiz.
Sirdaryo (2,6 foiz), Navoiy (2,8 foiz), Jizzax (3,5 foiz), Xorazm (5,2 foiz) va Buxoro (5,5 foiz) viloyatlarida oʻlim ulushi nisbatan kam.