Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida 887 424 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 %ga oshgan.
2023-yilning 11 oyida tugʻilganlarning 459 701 nafari oʻgʻil bolalar, 427 723 nafari qiz bolalar.
Oʻzbekistonda 2023-yilning 11 oyida qiz bolalarga nisbatan 31 978 nafar koʻp oʻgʻil bolalar tugʻilgan.