Unda, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuhan Mumju, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar hamda Turkiyadan kelgan san’atkor va mehmonlar ishtirok etdi.
Ochilishda soʻzga chiqqan Ozodbek Nazarbekov, festival faqatgina dunyoga mashhur kino sanʼatkorlarini birlashtiribgina qolmay, ayni vaqtda oʻzaro tajriba va uni almashishda ham muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Festival, kino sanʼati tarixida yorqin sahifa boʻlib qolishiga ishonchi komil ekanligini taʼkidlagan Nazarbekov, Oʻzbekiston kino sanʼatining 115 yillik tarixga ega ekaniga alohida e’tibor qaratdi.
Nazarbekov, madaniyat va san’at ahlini qo‘llab-quvvatlagani tufayli Turkiya Madaniyat va turizm vazirligini O‘zbekistoning «Madaniyat va sanʼat fidokori» medali bilan taqdirlash istagida ekanliklarini bildirib, mukofotni Batuhan Mumjuga topshirdi.
Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Mumju esa, ikki davlat oʻrtasida prezidentlik darajasida mustahkam aloqalar mavjudligiga eʼtibor qaratib, shu doirada madaniyat sohasidagi hamkorlik tobora ortib borayotganini taʼkidladi.
TURKSOY Bosh kotibi Rayev Turk dunyosi kinosiga hissa qo‘shgan, hayotini kinoga bag‘ishlagan va uning rivoji uchun mehnat qilgan kino san’atkorlariga TURKSOYning «Faxriy» ordenini taqdim etdi.
Mazkur ordenga ozarbayjonlik Elchin Guliyev, qirg‘izistonlik Artikpay Suyundukov, qozog‘istonlik Tungishbay Jamankulov, turkmanistonlik Maya Aymedova, o‘zbekistonlik Gulchehra Jamilova, turk kino san’atkori va rejissyor Semih Kaplano‘g‘lu sazovor deb topildilar.