O‘zbekistonda «Uzbek Jewellery Fair-2023» birinchi xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

    Joriy yil 26-28-may kunlari Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va jihozlarning birinchi xalqaro «Uzbek Jewellery Fair-2023» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

    «Uzbek Jewellery Fair-2023» O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana sotuvchilar, agentlar, distribyutorlarga mo‘ljallangan birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlarining ko‘rgazmasidir.

    Mazkur xalqaro tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yangi tarmoq ichidagi va xalqaro o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, texnologik yangiliklar hamda xorijiy kompaniyalar muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishish, zargarlik buyumlari dizaynining eng ommabop yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, mahsulot sifati va miqdorini oshirishdan iborat.

    Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Zargarlik sanoati assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimiz zargarlik sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun «Uzbekistan Jewellery Awards» mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.