Uzluksiz taʼlim tizimining uzviyligini taʼminlashni yana-da takomillashtirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilangan:
1 oy muddatda “Uzluksiz taʼlim dasturlari” majmualarini taqrizdan oʻtkazish va ingliz tiliga tarjima qilgan holda xorijiy ekspertlarga berish;
22 ta fan kesimida uzluksiz taʼlim tizimida uzviylik muammolariga bagʻishlangan ilmiy amaliy anjumanlar tashkil etish;
2021-2022 oʻquv yili boshlangunga qadar Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida yangilangan oʻquv dasturlari va darsliklar asosida dars beruvchi oʻqituvchilar uchun maxsus oʻquvlar, seminarlar tashkil etish;
🇫🇮 2 oy muddatda Finlyandiya taʼlim tajribasidan Oʻzbekiston uzluksiz taʼlim tizimi oʻquv dasturlari, darslik va oʻquv adabiyotlarga singdirish mumkin boʻlgan jihatlarini oʻrganish va joriy etish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash.