Oʻzbekistonda xalqaro mehmondoʻstlik mutaxassislari sertifikati joriy etiladi

    Turizm 26 Oktabr 2020 2544

    Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti AQSHning Raqobatdoshlik, savdo va ish oʻrinlarini yaratish loyihasi koʻmagida (the American Hotel & Lodging Educational Institute - AHLEI) qoʻshma loyihani amalga oshirmoqda.

    Loyiha quyidagi yoʻnalishlardagi turizm sohasi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan:

    - Sertifikatlangan mehmondoʻstlik sanoati rahbari (CHS);

    - Mehmonlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha sertifikatlangan mutaxassis (CGSP);

    - Mehmondoʻstlik sohasida savdo boʻyicha sertifikatlangan mutaxassis (CHSP).

    Maʼlumki, turizm iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan, va istiqbolli sohalaridan biridir. Butun dunyo turizm sohasida professional darajada oʻqitilgan kadrlarni talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida soha xodimlarini tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan institut Oʻzbekistondagi birinchi sertifikatlangan mehmondoʻstlik mutaxassisligiga ega, xizmat koʻrsatish va mehmondoʻstlik sohasida yangi bilim va koʻnikmalarni egallashga tayyor potensial nomzodlarni qidirmoqda. Saralangan nomzodlar shu yilning dekabr oyida institut tomonidan tashkil etiladigan va AHLEI tomonidan taklif qilingan 3-5 kunlik sertifikatlangan mehmondoʻstlik mutaxassisligi boʻyicha onlayn seminarlarida qatnashadilar. Muvaffaqiyatli yakunlangach, nomzodlarga xalqaro sertifikatlar beriladi. Dasturda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerak: - ingliz tilini yaxshi bilishi;

    - kamida 2 yil ishlagan lavozimdagi ish staji;

    - malakalarning eʼlon qilingan dasturga muvofiqligi;

    - yuqori masʼuliyat va fidoyilik;

    - oʻrganish va rivojlanish istagi.

    Agar sizga taklif qiziq boʻlsa va sizda ushbu bilim va tajribalar mavjud boʻlsa, unda ushbu anketani toʻldirishga ulguring!

    - Certified Hospitality Sales Professional (CHSP): https://www.ahlei.org/wp-conte...

    - Certified Hospitality Supervisor (CHS): https://www.ahlei.org/wp-conte... va 2020-yil 1-noyabrgacha turizmstudy@mail.ru elektron pochta orqali yuboring, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.