“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy” Toʻlqin Qilichev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

    Shu yilning 9-sentyabr kuni “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy” Toʻlqin Qilichev va uning shogirdlari Murodjon Ahmadaliyev hamda Isroil Madrimovlar Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdi.

    Ular Bilimlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotda akademiya talabalariga yurtimiz bokschilari, vatanimiz qahramonlari oʻz maqsadlariga erishish yoʻlidagi tajribalari haqida soʻzlab berdi.

    Maʼlumot oʻrnida: Respublikamizda boksni rivojlantirishda oʻzining yuksak hissasini qoʻshib kelayotgan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy” Toʻlqin Qilichev, Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va yana koʻplab taniqli chempionlarni yetkazib bergan.

    Shuningdek, tadbirga “Doʻstlik ordeni” sohibi, shoir Bobur Bobomurod ham tashrif buyurib oʻz sheʼrlari bilan yanada fayz bagʻishladi.


    Hamkorlik materiali