Endilikda bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritilmoqda.
Farmonga koʻra:
- Ushbu guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar va boshqa ijtimoiy obyektlarda tashkil etilishi mumkin.
- 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab, maktabga tayyorlovdan oʻtgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi.
- Mazkur sertifikat haqidagi maʼlumotlar oʻquvchining umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomasida ham qayd etiladi.
Farmonga muvofiq mamlakatimizda maktabgacha taʼlimni yangi sifat bosqichiga olib chiquvchi «Yangi avlod« maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Yangi tizimning oʻziga xosliklari:
- 2026-2028-yillarda Qoraqalpogʻiston, viloyat markazlari va Toshkent shahrida bittadan shunday tashkilot quriladi.
- Ushbu bogʻchalar tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etilib, unda robototexnika, ijod, fan va matematika yoʻnalishlarida tematik oʻyingohlar boʻladi.
- Innovatsion markazlarda simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kichik yoshdan kasblarga qiziqish va ekologik madaniyat shakllantiriladi.