Oʻzbekistonda yanvarda qariyb 6,7 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda qariyb 6,7 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

    Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,5 foizga oshgan.

    2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 629 tani tashkil etgan.

    Qurilish korxonalarining 7 408 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu koʻrsatkich respublikaning 21,4 foizni tashkil etadi.