O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti va YAponiyaning “Digital Knowledge” aktsiyadorlik jamiyatining Toshkent shahrida “YAponiya raqamli universiteti”ni  tashkil etish to'g'risidagi taklifi ishlab chiqilgan.

Angren shahar hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kukmin Universiteti KBFBSI va G-global star group investorlar guruhining oliy ta'lim sohasida ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun Angren shahrida Kukmin universitetini  tashkil etish to'g'risidagi taklifi ishlab chiqilgan.

Xorazm viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda «Binary» universitetining (Malayziya) oliy ta'lim sohasida ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun «Urganch shahridagi xalqaro «Binary» universiteti» nodavlat ta'lim tashkilotini (keyingi o'rinlarda - Filial deb ataladi) tashkil etish to'g'risidagi taklifi ishlab chiqilgan.