Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlik ishchi guruhi belgilangan joylarga oʻrnatilgan onlayn kuzatuv IP-kameralari orqali respublika boʻylab doimiy monitoring olib borib, qoidabuzarliklarni aniqlamoqda.
3714 ta holatda huquqbuzarlar transport vositalaridan chiqindi tashlagan. Mazkur huquqbuzarliklar 2232 ta holatda tegishli tartibda jazoga tortilgan boʻlib, yana 7585 ta holatga chora koʻrilmoqda.
Eng koʻp huquqbuzarliklar quyidagi hududlarda sodir etilgan:
- Andijon viloyati — 3001 holat;
- Namangan viloyati — 2937 holat;
- Fargʻona viloyati — 1645 holat;
- Samarqand viloyati — 981 holat;
- Toshkent viloyati — 434 holat;
- Surxondaryo viloyati — 250 holat;
- Sirdaryo viloyati — 144 holat;
- Toshkent shahri — 121 holat;
- Xorazm viloyati — 117 holat;
- Navoiy viloyati — 99 holat;
- Qashqadaryo viloyati — 70 holat;
- Jizzax viloyati — 16 holat;
- Buxoro viloyati — 2 holat.
Jarima belgilangan holatlar (2232 ) boʻyicha umumiy summa 956 million 887 ming soʻmni tashkil qiladi.
Onlayn kuzatuv kameralari nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora koʻrish imkonini beradi.