Bu haqda Oʻzgidromet bosh direktori Sh.Habibullayev Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qildi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, respublikaning Surxondaryo viloyati janubida yil davomida eng koʻp chang boʻronlar kuzatilib, ularning oʻrtacha soni 30 kundan koʻp.

Yil davomida 20 va undan ortiq kun kuzatiladigan chang boʻronlar mavjud hududlar respublikaning Qizilqum choʻli janubi va Orolboʻyi akvatoriyasiga toʻgʻri keladi.

Oxirgi paytlarda Toshkent shahri va uning atrofida chang toʻzon hodisalari bilan bogʻlik kunlar soni ortmoqda va u 3 kunni tashkil etmoqda.