Maʼlum qilinishicha, haligacha butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol boʻyicha xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalarini qiyinlashtirmoqda.
Xabarga koʻra, Osiyo futbol konfederatsiyasi qitʼa miqyosidagi turnirlarni oʻtkazish oldidan mintaqadagi mavjud epidemiologik vaziyatni oʻrganib chiqqan.
Oʻrganish natijasiga koʻra, tashkilotning tegishli qoʻmitalari bugun, 15-dekabr kuni quyidagi qarorlarni qabul qilgan:
• 2021-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati rasman qoldirilgan;
• Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini oʻzida saqlab qoladi va 2023-yilda ushbu yosh toifasidagi qitʼa birinchiligining Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi OFK musobaqalar taqvimiga kiritiladi;
• Bahraynda oʻtadigan U16 Osiyo chempionati, futzal hamda sohil futboli boʻyicha terma jamoalar oʻrtasidagi qitʼa musobaqalari ham bekor qilingan.