Jizzax  viloyatidagi Zomin togʻ archazorlari davlat qoʻriqxonasi 1928-yildan beri faoliyat olib boradi. Uning umumiy maydoni 26848 gektarga teng. Qoʻriqxonada hayvonlarning 150 dan ortiq, oʻsimliklarning 1200 dan ortiq turi mavjud.

Qoʻriqxonadagi hayvonlarning 16 turi, oʻsimliklarning 13 turi “Qizil kitob”ga kiritilgan. Bu qoʻriqxona Oʻzbekistondagi eng eski qoʻriqxonalardan boʻlib, hududining 22128 gektari oʻrmon bilan qoplangan. Asl togʻli archazor oʻrmonlar shu qoʻriqxonada saqlanib qolgan.

     Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza

qilish boshqarmasi axborot xizmati