O'zbekistondagi eng faol banklar orasida “Kapitalbank” yetakchilik qilmoqda

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Oʻzbekistondagi banklarning reytinggi yangilandi.

    Unga ko'ra, 17 ta yirik banklar orasida “Kapitalbank” o'tgan yilning 2-choragidan buyon 1-o'rinni saqlab qolmoqda. “Trast bank” umumiy reytingda 2020-yil 4-chorakdagi o'rnidan 2 pog'ona ko'tarilib, 2-o'rinni egalladi. “Aloqa bank” esa davlat ulushi mavjud yirik banklardan biri sifatida umumiy reytingda 3-o'rinni saqlab qoldi.

    Xususan, joriy yil 1-chorakda “Mikrokreditbank” va “O'zsanoatqurilish bank” umumiy reytingda eng yuqori ko'tarilishga erishdi. Ushbu banklar o'tgan yilning 4-choragidagi pozitsiyasidan 4 pog'onaga yuqoriladi.

    O'zbekistonning 14 ta kichik banklar uchun faollik reytingida esa “Davr bank”, “Ziraat bank” va “Universal bank” 2020-yil 4-choragiga nisbatan o'zgarishsiz qoldi.