O'zbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o'tkazilmoqda

    Harbiy 31 May 2020 4365

    Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqo'rg'on” dala o'quv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Tashabbuskor g'oyalar” asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda.

    Izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” o'ziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi. Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi ko'rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari o'rganilmoqda.

    SHuningdek, “Bo'ron” deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli KamAZ va «Ural» texnikasiga o'rnatilgan 122 millimetrli “DM-21” markali o'ziyurar artilleriya to'p-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan o'tkazilmoqda.

    Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati