Turkiston hududi madaniyatida dutor, tanbur va boshqa cholgʻu asboblari yasaydigan hunarmandlarning eng sevimli yogʻoch turi, hozirgi Oʻzbekistondagi kabi, tut daraxti boʻlgan. Odatda oʻrik va yongʻoq daraxtlari ham qoʻllanilgan.
Oʻzbekistonning qadimiy cholgʻu asboblari haqida «Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida» turkumidagi «Oʻzbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi toʻplamlarida» kitobida batafsil maʼlumot berilgan.