Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-iyul holatiga koʻra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 million tani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.

Shu jumladan, aholida 24 million 868,1 mingta abonentni tashkil etgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.