Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Eng koʻp oylik oluvchilar – moliya va sugʻurta sohasi xodimlari boʻlib, ular oʻrtacha 13,3 mln soʻm oylik olyapti. Tibbiyot va taʼlimdagi oyliklar eng past darajada qolmoqda( 3 mln soʻm).
Hududlar kesimida oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (7 mln 453 ming), Navoiy (5 mln 887 ming) va Toshkent viloyatida (4 mln 526 ming) qayd etilgan.
Eng kam maoshlar esa Namangan (3 mln 310 ming), Qashqadaryo(3 mln 367 ming) va Surxondaryo (3 mln 379 ming) viloyatlarida qayd etilgan.