Unga koʻra, 2025-yil 1-maydan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno),GPS uskunasi oʻrnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli va elektromotorli suv transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Bunga suv havzalarida turizm xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va xavflisizligini taʼminlash hamda suv resurslari ifloslanishining oldini olish, ulardan oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida qaror qilindi
Suv transport vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soat, kemalar toʻxtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida — 20 kilometr/soat, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylari chegaralarida esa — 5 kilometr/soat etib belgilanadi.