Bryussel prokuraturasi telekommunikatsiya shartnomalari boʻyicha yashirin vositachilik toʻlovlari aniqlangach, Oʻzbekiston adliya organlaridan xalqaro yordam soʻrovini oldi, deya xabar qiladi The Brussels Times nashri.
“Ushbu xalqaro tergov doirasida Oʻzbekiston hokimiyati organlarining iltimosiga koʻra Belgiyada 200 million dollar musodara qilindi,” - deya maʼlum qildi Bryussel prokuraturasi.
Bryussel sudi musodara qilingan mablagʻlar va unga hisoblangan foizlarni Belgiya va Oʻzbekiston oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bunda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida musodara qilingan aktivlarni taqsimlash boʻyicha qonuniy qoidalar asos qilib olindi.
Sud 108 million yevro Oʻzbekistonga yuborilishi haqida qaror qabul qildi.