Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bugʻdoy, 15 tonna oʻsimlik yogʻi, 10 ming 80 dona konservalangan goʻsht mahsulotlari, 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha oʻrin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Erkin Hamroyev va Afgʻonistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan Balx viloyati rasmiylari Prezidentimiz va xalqimizga ogʻir paytda koʻrsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi. Birodar ikki xalqqa farovonlik tilab duolar qilindi.