Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotiga koʻra, joriy yil 15-16-dekabr kunlari Al-Kuvayt shahrida oʻtkazilgan “Kuwait International Agro Food Exhibition” koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston pavilyonida mamlakatimizdagi “JN Distrubition” kompaniyasining “Fadl” brendi ostidagi goʻsht va parranda goʻshti mahsulotlari hamda konservalangan palov va halim milliy taomlari namoyish etilgan edi.
Natijada Oʻzbekistonning “JN Distrubition” va Kuvaytning “High Concorde Company for General Trading & Contracting” kompaniyalari oʻrtasida goʻsht mahsulotlarini Kuvaytga eksport qilish boʻyicha shartnoma imzolandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.