Iqtisodiyot va moliya vazirining “Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (19.09.2024-y. AVdagi roʻyxat raqami 2606-7).

Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda respublikadan olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlari bojxona organlarining axborot tizimida hisobga olinadi.

Bojxona qoʻmitasi har oyda mazkur maʼlumotlarni Statistika agentligiga taqdim etib boradi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 23.09.2024-yildan kuchga kirdi.