Unda iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eksport salohiyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilish masalalari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
2022-yilda tashkil etilgan «O‘zbekiston-Vengriya iqtisodiy taraqqiyot» mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxona bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekiston va yevropada venger va o‘zbek kompaniyalari manfaatlarini ilgari surishda ko‘maklashadi. Kompaniya Vengriyadagi eng yirik savdo tarmoqlari bilan shartnomalarga ega.
Piter Nyumann O‘zbekiston Vengriya biznesi uchun Markaziy Osiyodagi eng jozibador davlatlardan biri ekanligini va katta salohiyat mavjudligini ta'kidladi. Shuningdek, O‘zbekistondan eksport tovarlari turlarini kengaytirishga tayyor ekanligini bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar talab yuqori bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ro‘yxatini birgalikda shakllantirish va mahsulot eksport qilish uchun ishonchli O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar, deb xabar beradi «Dunyo» AА.