Aniqlik kiritilishicha, qolgan avtobuslar 21 martgacha yetib kelishi kerak.
Avvalroq O'zbekiston-Qirg'iziston taraqqiyot jamg'armasi ofisida O'sh shahar hokimligi bilan yuzta shahar yo'lovchi avtobusini moliyaviy lizingi bo'yicha shartnoma imzolangan edi. Avtobuslar Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan.
Ta'kidlanganidek, mazkur yo'lovchi avtobuslarining xarid qilinishi jamoat transporti parkini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yo'lovchi tashish samaradorligini oshirish, aholi va mehmonlar uchun transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi.
2022-yilda O'sh ma'muriyati O'zbekistonda ishlab chiqarilgan 50 ta avtobus xarid qilgan edi, deb xabar beradi iica.uz.