Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Konteyner poyezdini joʻnatish oldidan uyushtirilgan marosimda xalqaro transport-logistika hamkorligini rivojlantirish boʻyicha “Gansu International Logistics Group Co. Ltd.” kompaniyasining Oʻzbekistonda yangi logistika bazasi oʻz faoliyatini boshladi.

Yangi logistika bazasining ishga tushirilishi va mazkur yoʻnalishda muntazam konteyner tashuvlarni yoʻlga qoʻyilishi mintaqaning tranzit salohiyatini mustahkamlash, yetkazib berish muddatlarini qisqartish hamda Gansu – Qoshgʻar – Markaziy Osiyo yoʻnalishi boʻyicha barqaror yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishini taʼminlaydi.