Xalqaro sayohatlar xavfsizligini taʼminlash va koronavirus infekwiyasining tarqalish xavfini kamaytirish maqsadida biz Oʻzbekistondan Xitoyga yoki uchinchi davlat orqali Xitoyga tranzit bilan ketayotgan xitoylik va chet ellik yoʻlovchilar uchun COVID-19 PR testi salbiy boʻlgan sertifikatga asoslangan holda samolyotga chiqishga ruxsat berilishi haqida maʼlum qilamiz. Fuqaro aviawiyasi maʼmuriyati, Bojxona Bosh boshqarmasi va XXR Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2020-yil 20-iyulda eʼlon qilingan qoʻshma bayonotga binoan:
1. Umumiy talablar
2020-yil 10-sentyabrm kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 dan boshlab, Xitoydan Oʻzbekistonga yoki uchinchi davlat orqali tranzit bilan Xitoyga sayohat qilayotgan xitoylik va chet ellik yoʻlovchilar parvozdan 72 soat oldin COVID-19 PR tekshiruvidan oʻtishlari va XXR ning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasiga nuklein kislotasining “HS” bilan belgilangan yashil QR kodini olish (XXR fuqarolari) yoki salomatligi haqidagi COVID-19 PR testining salbiy ekanligi haqidagi tekshiruv natijasiga asoslangan maʼlumotnoma( Xorijiy davlatlar fuqarolari)ni olish uchun ariza topshirishlari kerak. Aviakompaniya samolyotga chiqishdan oldin nuklein kislotasining yashil QR kodini yoki salomatligi haqidagi maʼlumotnomani tekshiradi. Charter reyslar yoʻlovchilariga qoʻyiladigan talablar keyinroq qoʻshimcha tarzda eʼlon qilinadi.
2. Tekshiruv oʻtkaziladigan vaqt va joy:
QR tekshiruvi Oʻzbekistondagi XXR elchixonasi tomonidan belgilangan muassasalarda yoʻlovchilar parvoz amalga oshirishlaridan 72 soat oldin oʻtkazilishi kerak, muassasalar roʻyxati tekshiruvning sifati va darajasi, qamrab olish foizlari va boshqa omillarga asoslanib tartibga solinadi (1-ilovadagi roʻyxat). Iltimos, tekshiruvdan oldin muassasalar roʻyxatini tekshirib koʻring.
3. XXR fuqarolari uchun nuklein kislotasining yashil QR kodini olish uchun ariza berish
1) WeChat mobil ilovasida “Epidemiyaga qarshi sogʻliqni saqlash kodeksi” mini- dasturlarining xalqaro versiyasini toping va oʻrnating.
2) XXR fuqarolari joʻnashdan oldin 48 soatdan kechiktirmasdan sogʻliqni saqlash mini- dasturining xalqaro versiyasi orqali XXR elchixonasiga sogʻligʻining holati toʻgʻrisida xabar berishlari, shuningdek, COVID-19 uchun test natijalari salbiy ekanligi haqidagi sertifikatning fotosuratini yuklashlari kerak. Maʼlumotlar Elchixona tomonidan tekshirilgandan soʻng, fuqaro “HS” belgisi ostida yashil rangli QR-kodni olishi mumkin. Past sifatli maʼlumotnoma fotosurati yoki samolyotga chiqish vaqtida toʻsiq yoki kechikish kabi muammolar yuzaga kelgan taqdirda, yoʻlovchi javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Agar sizga qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, iltimos, https://hr.cs.mfa.gov.cn/help_two/help-two/hs.html sahifasiga oʻting va “COVID-19 tekshiruvining javoblari salbiy ekanligini tasdiqlovchi sertifikat haqida koʻp soʻraladigan savollar” boʻlimini oʻqing”.
3) Iltimos, yashil QR koddan amal qilish muddati davomida foydalaning va uni tekshirish jarayonida aviakompaniyaga yordam bering. Yoʻlovchilarga COVID-19 tekshiruvining natijasi salbiy ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnomaning qogʻoz shaklini olib kelishlari tavsiya qilinadi.
4. Chet el fuqarolari tomonidan salomatlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani roʻyxatdan oʻtkazish
1) Chet el fuqarolari joʻnab ketishdan 48 soat oldin, elchixonaning maxsus pochtasiga (hinaconsul_ubz@163.com) quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxasini yuborishlari kerak: haqiqiy pasport maʼlumotlari boʻlgan sahifa, COVID-19 PR testining salbiy natijasi boʻlgan va ariza beruvchi tomonidan imzolangan sertifikat. Salomatligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (2-ilovadagi namuna).
2) Elchixona tomonidan materiallar tekshirgandan soʻng, Elchixona muhri tushirilgan salomatlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning skaner qilingan shakli ariza beruvchiga elektron pochta orqali yuboriladi. Ushbu muhrlangan maʼlumotnomani printerdan chiqarib, samolyotga oʻzingiz bilan birga olishingiz kerak.
3) Iltimos, salomatlik haqidagi maʼlumotnomadan amal qilish muddati davomida foydalanish va aviakompaniyaga uni tekshirishda yordam berish zarurligini unutmang.
5. Muhim eslatmalar
1) Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirgan yoʻlovchilar ushbu eʼlonni diqqat bilan oʻqishlari kerak. Agar sizda COVID-19 PR tekshiruvini oʻz vaqtida oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa va COVID-19 PR tekshiruvining salbiy natijasi bilan sertifikat taqdim eta olmasangiz, shuningdek, siz “HS” belgisi bilan nuklein kislotasining yashil QR kodini yoki sogʻligʻingiz toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotnomani ololmasangiz, demak siz samolyotga chiqish uchun zarur boʻlgan talablarga javob bermaysiz. Siz marshrutni qayta rejalashtirishingiz va rejalashtirilgan sayohat kunlarini oʻzgartirishingiz kerak boʻladi.
2) Shuningdek, yoʻlovchilarga samolyotga chiqish uchun COVID-19 PR tekshiruvining salbiy natijasini tasdiqlovchi sertifikat asosida ruxsat berilgan tranzit mamlakatlarda (tegishli mamlakatlar roʻyxati havolada koʻrsatilgan: https://hr.cs.mfa.gov.cn/help_two/ help-two / gj.html, bizni kuzatib boring), Xitoyga sayohat qilayotgan xitoylik va chet ellik yoʻlovchilarda “HS” belgisi qoʻyilgan nuklein kislotasining yashil QR kodi yoki tranzit paytida salomatligi haqidagi maʼlumotnomalar tekshirilishi mumkin. “HS” belgisi bilan nuklein kislotasining yashil QR kodi va salomatlik haqidagi maʼlumotnoma COVID-19 PR tekshiruvi sertifikati berilgan kundan boshlanadi. Xitoyga tranzit reys bilan uchadigan yoʻlovchilar QR kodi yoki salomatligi haqidagi maʼlumotnomasining amal qilish muddati davomida qoʻnishlari kerak.
3) Barcha yoʻlovchilar tegishli epidemiyaga qarshi qoidalarga qatʼiy rioya qilishlari va COVID-19 PR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisida haqiqiy va amal qilish muddati tugamagan sertifikatni taqdim etishlari shart. Soxta sertifikatdan foydalanish qonuniy javobgarlikka olib keladi.
4) Barcha yoʻlovchilarga aviakompaniyalarning qoʻshimcha tekshiruvi uchun oʻzlari bilan COVID-19 PR tekshiruvining salbiy natijasi tasdiqlangan sertifikatning asl nusxasini olib borish tavsiya etiladi, deb xabar beradi Xitoyning Oʻzbekistondagi Elchixonasi matbuot xizmati. Shuningdek, xabarda quyidagi ilovalar tavsiya etiladi:
Spisok organizawiy, naznachennыx Posolstvom KNR v RU. docx









