Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 9 oyi davomida Oʻzbekistondan eng koʻp shaftoli eksport qilingan davlatlar:

Rossiya - 64,6 ming tonna,

Qirgʻiziston - 6,4 ming tonna,

Qozogʻiston - 4,8 ming tonna,

Turkmaniston - 471 tonna,

Belarus - 261 tonna.

Yanvar-sentyabr oylarida xorijga eksport qilingan 76,7 ming tonna shaftolining 43,6 ming tonnasi yoki qariyb 57 foizi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.

Keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati - 6,3 ming tonna, Toshkent viloyati - 6,1 ming tonna, Xorazm viloyati esa - 5,7 ming tonnani tashkil etgan.