Oʻzbekistondan yuborilgan insonparvarlik yuki Afgʻoniston xalqiga yetkazildi

    Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30-dekabr kunlari Afgʻonistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻi bilan xalqimizning bagʻrikenglik koʻmagi sifatida Afgʻoniston aholisini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afgʻoniston xalqiga yetkazib berildi.

    Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30-dekabr kunlari Afgʻonistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

    Mazkur insonparvarlik yordami Oʻzbekiston va Afgʻoniston hukumatlarining uchrashuvida afgʻon xalqini Oʻzbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda koʻmak koʻrsatish soʻroviga asosan amalga oshirilmoqda.

    Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.